Главная » 2021 » Сентябрь » 12 » Futzal: bugun O‘zbekiston Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi
10:51

Futzal: bugun O‘zbekiston Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi


Bugun, 12 sentyabr kuni, Litvada futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga start beriladi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Gvatemalaga qarshi bahc olib boradi.

Uchrashuv “Vilnyus arena”da Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Mazkur bahs oldidan FIFA tashkiliy qo‘mita a’zolari hamda ikki jamoa vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uchrashuvning media, marketing va tibbiy jarayonlari muhokama qilindi. Kelishuvga ko‘ra, Gvatemalaga qarshi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq ko‘k rangli libosda maydonga tushadigan bo‘ldi, darvozabon esa sariq libosda harakatlanadi. 

O‘zbekiston “V” guruhida Gvatemala, Misr va 2016 yilgi Jahon chempionati finalchisi hisoblangan Rossiya jamoasi bilan bahs olib boradi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta 2016 yilda Kolumbiya mezbonlik qilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan va guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Jahon chempionati, Futzal | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя