Главная » 2020 » Июль » 7 » G‘afur G‘ulom bog‘i 49 yilga xorijiy investorga beriladi
21:22

G‘afur G‘ulom bog‘i 49 yilga xorijiy investorga beriladi


Ijtimoiy tarmoqlarda G‘afur G‘ulom bog‘i o‘rnida yangi turar joylar va biznes markaz qurilishi mumkinligi yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Toshkent shahar hokimligining rasman ma'lum qilishicha, bog‘ buzilmaydi.

«Yurtdoshlarimizni ishontirib aytamizki, ushbu xavfsirashlar asossiz» - deyiladi hokimlik xabarida.

Lekin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2018 yildagi PQ-4067 sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 08.09.2019 yildagi 670-sonli farmoyishiga asosan, Toshkent shahar hokimining 15.08.2019 yildagi 1126-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi 21-manzilida joylashgan G‘afur G‘ulom madaniyat va istirohat bog‘ini 49 yilga BMP Smart Decision Private Limited xorij kompaniyasiga – uni modernizatsiya qilish va jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy parkni barpo qilishga oid investitsion majburiyat bilan berish ko‘zda tutilgan.

Modernizatsiya loyihasi o‘z ichiga 80 yillarda o‘rnatilgan eski attraksionlarni yangilariga almashtirishni, shuningdek, bog‘ning yashil hududini, bog‘da o‘sayotgan Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xatlovidan o‘tkazilgan daraxtlarga qo‘shimcha ravishda, yangi daraxtlar bilan to‘ldirishni o‘z ichiga oladi.

Rekonstruksiyadan keyin boqqa kirish avvalgiday bepulligicha qolishi aytilmoqda.

Shuningdek, jamoatchilikni ushbu loyiha bilan batafsilroq tanishtirish uchun investor vakili bilan uchrashuv tashkil etilishi ma’lum qilindi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: G‘afur G‘ulom bog‘i, xorijiy investorga, 49 yilga, beriladi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя