Главная » 2020 » Январь » 9 » Gʻalati sharoitlarda ishlagan 5 ta tarixiy buyuk shaxs
23:28

Gʻalati sharoitlarda ishlagan 5 ta tarixiy buyuk shaxs


Har bir inson qanday sharoitda ishlashiga va atrof-muhitning qulayligiga eʼtibor beradi. Baʼzi odamlar sokin muhitda oʻzlarini qulay his qilishsa, kimgadir esa shovqinli muhitda ishlash muammo tugʻdirmaydi. Oʻz ismlarini tarixga muhrlagan shaxslarning qanday sharoitlarda ishlaganiga qiziqasizmi? Quyida shu haqida.

1. Charlz Dikkens

Jimjitlik va ishlash uchun oʻziga qulaylik yaratib olgan shaxslardan biri boʻlgan. Sokin sharoitda ishlashni yoqtirgan yozuvchi mehmonxonasini ham ishlashga qulay holatga keltirib qoʻygan. Sayohat qilishga toʻgʻi kelsa ham barcha narsalarni oʻzi bilan olib yurgan. U oʻz ishini tugatgandan soʻng har kuni uch soat piyoda yurar edi. Uning yotogʻi doimo shimolga qaratib oʻrnatilgan.

2. Lyudvig Van Betxoven

Betxoven kunlarining koʻp qismini piyoda oʻtkazgan.  Yurish ijodkorlikni oshiradi, deb oʻylagan. Ilhom kelganida darhol daftariga yozib qoʻygan. Gʻalati tomoni, u hammomda ham ilhom kelsa yozib qoʻyavergan. 

3. Marsel Prust

Marsel Prust, shubhasiz, XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan biri boʻlgan. Ish vaqtini kamaytirish uchun qoʻlidan kelganini qilgan. Muallif 3000 sahifali “Yoʻqotilgan vaqt” oʻlmas asarini yozib tugatgan. Agar u ishlashni boshlamoqchi boʻlsa tush vaqti 3 yoki 4 gacha uxlagan va turib, qahvasini bemalol ichib boʻlib, keyin ishga kirishgan. Buni oʻziga odat qilib olgan.

4. Salvador Dali

Похожее изображение

Salvador Dali haqiqat va orzu oʻrtasidagi masofani qisqartirish mexanizmini yaratdi. Uning yerda uxlab qolishi odatiy hol boʻlgan. Uyquga ketayotganda koʻpincha qoʻlida kalit bilan uxlab qolgan. Tush koʻrib, xayollar surib yotganda koʻpincha qoʻlidagi kaliti boshiga tushib ketar va darhol uygʻonib koʻrgan tushlari va xayollarini yozib qoʻyar edi.

5. Demosfen

Demosfen qattiq ish sharoitlarini oʻziga ravo koʻrgan.  Uydan chiqmasdan kunu-u tun ishlagan. Uydan chiqmaslik va ishdan chalgʻimaslik uchun sochining yarmini kal qilib kestirgan va shu orqali atrofidagilarni oʻzidan uzoqlashtirgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя