Главная » 2019 » Декабрь » 30 » G‘uzorda 22 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi
09:39

G‘uzorda 22 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi


Joriy yilning 27 dekabr kuni soat 12:00 larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani, “Sovbog‘” mahallasida yashagan 1997 yilda tug‘ilgan D.M. yashash uyi molxonasi yog‘och ustuniga Povesilsya, vafot etgan. D.M. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-kursi talabasi bo‘lgan.

Mazkur hodisa yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari tashkil etilgan.

Sud tibbiy ekspertizaning birlamchi tashhisiga ko‘ra, marhuma D.M.ning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfeksiya natijasida yuz bergani ko‘rsatilgan. Marhuma jasadida uning bo‘ynidagi strangulyatsion egat izlaridan tashqari, tan jarohatlarining boshqa biror-bir ob’ektiv belgilari, ya’ni yara, shilinma va qontalashlar mavjudligi aniqlanmagan.

Holat yuzasidan so‘ralgan marhumaning yaqinlari va u yashagan mahalla fuqarolarining aytishlaricha marhumaga nisbatan biror kishi tomonidan ruhiy yoki jismoniy tazyiq o‘tkazilmagan.

Shuningdek, marhumaning o‘limi va o‘z joniga qasd qilish sabablariga oydinlik kiritish maqsadida G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy va psixologik ekspertizalar tayinlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя