Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » “GAI” xodimi haydovchining soqoliga e’tiroz bildirgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi
14:54

“GAI” xodimi haydovchining soqoliga e’tiroz bildirgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi


Bugun, 12 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda Yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchining soqol o‘stirganiga e’tiroz bildirgani aks etgan video tarqaldi. Holatga Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, video lavhadagi holat o‘rganilganda, joriy yilning 5 sentyabr kuni soat 09:30 larda, Navoiy shahar, Islom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgani aniqlangan. Shu ko‘chada xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB inspektori O‘.Halimov Spark rusumli 85 581 TTD davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan.

O‘zaro muloqot vaqtida YPX inspektori haydovchining soqol o‘stirganlik holatiga e’tiroz bildirgan. Xodimning ushbu e’tirozlarini haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Video tasvir ijtimoiy tarmoqda tarqalgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tekshiruv boshlandi, xodimi, soqoliga, haydovchining, gai, e’tiroz bildirgani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя