Главная » 2021 » Июнь » 20 » GAI xodimi tez yordam mashinasini nega o‘tkazmadi? — rasmiy munosabat
20:55

GAI xodimi tez yordam mashinasini nega o‘tkazmadi? — rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqda «GAI xodimi tez tibbiy yordam avtomobilini sababsiz o‘tkazmasligi – jinoyat» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 15-17-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida «Yoshlar festivali» o‘tkazilganligi munosabati bilan YPX xodimlari xizmatga jalb etilib, ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklangan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, YPX xodimi Termiz shahar, Navbahor ko‘chasida tez tibbiy yordam avtomobilini o‘tkazmaganligi aks etgan holat ushbu tadbir vaqtida sodir bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rasmiy, tez yordam, gai, munosabat, mashinasini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя