Главная » 2018 » Май » 16 » «Galaxy S10» o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi
19:25

«Galaxy S10» o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi


Avvalroq, «Samsung» kompaniyasining ekran ostidagi biologik tanib olish texnologiyasiga ega ilk flagmani «Note 9» bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Fabletning joriy avlodida skaner an’anaviy ravishda orqa panelga joylashtirilgan, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Keyinroq tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, kompaniya ushbu texnologiyani ishga tushirishga hali tayyor emas ekan. Barcha umid 2019 yilning yanvarida taqdim etilishi kutilayotgan «Galaxy S10»dan, deyiladi xabarda. Yubiley qurilmada qandaydir o‘ziga xos xususiyat bo‘lishi kerak: egiluvchan ekran yoki hech bo‘lmaganda ekran ichiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri.

Koreyada tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, texnologiyaning aniqligi va chidamliligini oshirish uchun kompaniya o‘zining ultratovushli yechimini ishlab chiqmoqda. Mazkur texnologiya ancha qimmat va uni ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llash qiyin. Xabar berilishicha, «Samsung»ning ultratovushli ekranosti barmoq izi skaneri ustidagi ishlar yakunlangan, ammo «Galaxy S10» chiqadigan vaqtgacha uning mahsuldorligi va aniqliligi yaxshilanishi kerak.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: ega bo‘ladi, o‘ziga xos, Galaxy S10, xususiyat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя