Главная » 2020 » Январь » 21 » Galaxy S20’ning aniq narxi ma’lum qilindi
19:57

Galaxy S20’ning aniq narxi ma’lum qilindi


Xabaringiz bor, Janubiy Koreya texnogiganti fevral oyida Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari hamda Galaxy Z Flip buklamafonini taqdim etadi. 

XDA Developers resursining bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) ushbu modellarning real narxlarini e'lon qildi. 

Kompaniya ularni Yevropa bozoriga quyidagi narxlarda taqdim etmoqchi: 
Samsung Galaxy S20 5G – 900 dan 1000 yevrogacha; 
Samsung Galaxy S20+ 5G – 1050 dan 1100 yevrogacha; 
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G – 1300 yevro; 
Samsung Galaxy Z Flip – 1400 yevro. 

Shuningdek, Vaynbaxning ta’kidlashicha, AQSh bozorida Galaxy S20 modellari tegishlicha 850, 950 va 1200 dollardan sotilishi kutilmoqda. 

Flagmanlarning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan variantlari esa ulardan taxminan 100 yevroga arzonroq bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avval ham turli manbalarda mazkur gadjetlarning narxi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.  


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя