Главная » 2016 » Декабрь » 1 » Gaymoritga qarshi uy sharoitida choralar
20:22

Gaymoritga qarshi uy sharoitida choralar


Mutaxasis malakali otolaringolog Mirsulton Yoqubov

Gaymorit — shamollash, gripp, qizilcha (skarlatina) va boshqa kasalliklarning asorati sifatida kelib chiqadigan xastalik bo‘lib, bunda burun bo‘shlig‘ida yiring yig‘ilib, tana harorati ko‘tariladi va bemor holsizlanadi. Bunday hollarda, albatta, shifokor nazorati ostida davolanish shart. Asosiy davo choralariga qo‘shimcha ravishda quyidagi tavsiyalarga amal qilib borishingiz mumkin.

1.    2-3 dona kartoshkani suvda qaynatib, bug‘idan chuqur-chuqur nafas oling.

2.    4 dona sarimsoqpiyozni maydalab, ustiga bir choy qoshiq olma sirkasi va yarim stakan qaynoq suv quying-da, bug‘idan chuqur nafas oling, suv sovib qolsa, unga qaynagan suvdan quyib turing. Amaliyotni kuniga 10-15 daqiqadan 3-4 mahal to tuzalib ketguningizcha bajarsangiz bo‘ladi.

3.    Gaymoritning qadimiy davolaridan yana biri piyoz va asaldan tayyorlangan damlamadir. Piyozni qirg‘ichdan chiqaring, unga yarim stakan iliq suv bilan aralashtirilgan yarim choy qoshiq asalni solib, 5-6 soatga o‘rab qo‘ying. Tayyor damlamani dokadan o‘tkazib, bir kunda bir necha marta burinni chaying.

4.    Burun va quloqdagi og‘riqlarning oldini olish uchun burunga hona haroratidagi turp sharbatidan tomizing.

5.    Burun bo‘shlig‘iga har kuni bir necha marta 5 tomchi yangi siqilgan lavlagi sharbatidan quyib, yuvib turing.

6.    Surunkali gaymoritda dafna barglari ham qo‘l keladi.  Idishga 4 dona dafna bargini solib, bir piyola suv quyib qaynating. Kichkina sochiqni dafnali qaynatmaga bo‘ktirib oling-da burun ustiga qo‘ying. Boshni esa qalin mato bilan yoping. Sochiq sovib qolsa, yana boshqa toza sochiqni olib dafnali qaynatmaga bo‘ktirib burun ustiga qo‘yasiz. Muolajani uyquga ketishdan avval bajarish tavsiya etiladi. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Gaymorit | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя