Главная » 2020 » Январь » 23 » General Motors haydovchisiz taksisini taqdim etdi
19:55

General Motors haydovchisiz taksisini taqdim etdi


General Motors avtomobil korporatsiyasi Cruise Origin elektrotaksisini taqdim etdi. Avtomobil shahar ko‘chalarida haydovchisiz aylana oladi.

U tashqi tomondan Volkswagen Sedric konsepsiyasini esga soladi, ammo undan farqli o‘laroq, Cruise Origin foydalanish uchun ishlab chiqariladi. Elektr taksilar erkin savdoga chiqarilmaydi. Undan Uber va Lyft singari maxsus servislar orqali foydalanish mumkin.

Origin uchun haydovchiga ehtiyoj yo‘qligi sabab, ichki salon barcha bo‘sh joylarni hisobga olgan holda yaratilgan. Bundan tashqari, Cruise’da haydovchi yetishmasligi sababli, elektrotaksiga yo‘l harakati xavfsizligini kuzatish uchun o‘nlab datchiklarni qo‘shilgan.

Cruise elektrotaksining akkumulyator sig‘imi, dvigatel quvvati va ishga tushirish sanasi haqida ma’lumot bermagan. Yaqin kelajakda kompaniya futuristik taksining yangi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashishni rejalashtirgan


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя