Главная » 2020 » Ноябрь » 10 » Germaniya va AQSH vaksinasi 90 foiz samarali ekani isbotlandi
16:06

Germaniya va AQSH vaksinasi 90 foiz samarali ekani isbotlandi


Germaniyaning BioNTech va Amerikaning Pfizer kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina infeksiyani oldini olishda 90 foiz samarali ekani isbotlandi. Bu vaksina sinovlarining uchinchi bosqichi hisobotida ma'lum bo‘lgan. 

Hisobotga ko‘ra, mutaxassislar vaksina bilan bog‘liq hech qanday jiddiy muammoga duch kelmagan. 

"Vaksinamiz sinovlarining uchinchi bosqich natijalariga ko‘ra, ushbu vaksina infeksiyaning oldini olish qobiliyatini yaxshi namoyish etdi", degan Pfizer kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori Albert Burla.

Donald Tramp va AQSHning yangi saylangan Prezidenti Jo Bayden ham muvaffaqiyatli sinov haqidagi xabarga munosabat bildirgan.

"Vaksina yaqinda chiqadi, bu qanday ajoyib yangilik", degan Tramp.

Shuningdek, Bayden ham sinov muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlagan, ammo pandemiya muammo bo‘lib qolayotgani va yaqin oylar davomida shunday davom etishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi yuqoridagi vaksinani sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolash arafasida.

Turli manbalarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga qarshi 200 dan ortiq vaksinalar ishlab chiqarilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, oltita vaksina klinik sinovlarning uchinchi bosqichiga yetgan. Jumladan, Oksford universiteti (AstraZeneca bilan birgalikda) vaksinasi, Amerikaning Moderna (AQSH Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti bilan birgalikda) vaksinasi, Germaniyaning BioNTech (Fosun Pharma va Pfizer bilan birgalikda) vaksinasi, Xitoyning Sinovac vaksinasi, Uxan virusologiya instituti (Sinopharm bilan birgalikda) vaksinasi, Pekin Virusologiya instituti (Sinopharm bilan birgalikda) vaksinasi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o'tkazilgandi.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 51 milliondan oshgan. 1,2 million bemor vafot etgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 90 foiz, isbotlandi, vaksinasi, AQSH, Germaniya, samarali | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя