Главная » 2020 » Сентябрь » 5 » Germaniyalik mutaxassislar «buzilmaydigan» avtomobillarni aniqlashdi
18:26

Germaniyalik mutaxassislar «buzilmaydigan» avtomobillarni aniqlashdi


Germaniyaning «Technische Ueberwachungsverein» tashkiloti ekspertlari deyarli hech qachon buzilmaydigan ishonchli mashinalar reytingini tuzib chiqishdi. Buning uchun ular 3 yildan 11 yilgacha bo‘lgan mashinalarni tanlab olishdi. So‘ng avtomobillarni yoshga oid toifalarga ajratib chiqishdi. Bunda ularning qanchalik ko‘p servis markazlarga murojaat qilishi hisobga olingan.

Buni qarangki, uch yillik mashinalar toifasida Porsche 911, Mercedes-Benz GLC 92, Mercedes-Benz SLC va SLK, shuningdek, Mercedes – B-Class kamroq buzilar ekan. Mazda CX-3 va Mercedes A-Class, C-Class kabi mashinalar ham shu toifaga kiritilgan.

Besh yillik mashinalar orasida eng «buzilmaydigani» Audi TT, Porsche 911, Opel Mokka, Mercedes-Benz B-sinfi va Mercedes SLK hamda Mitsubishi ASX va Audi Q5 ekan. Yetti yillik mashinalar orasida Audi TT, Porsche 911 va Mercedes SLK eng chidamli mashinalar deb tan olingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlashdi, buzilmaydigan, Germaniyalik, mutaxassislar, avtomobillarni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя