Главная » 2020 » Май » 14 » Germaniyalik mutaxassislar O‘zbekiston karantindan chiqish bo‘yicha juda to‘g‘ri strategiyani tanlaganini bildirdi
22:30

Germaniyalik mutaxassislar O‘zbekiston karantindan chiqish bo‘yicha juda to‘g‘ri strategiyani tanlaganini bildirdi


Germaniyaning Robert Kox instituti mutaxassislari O‘zbekiston koronavirus tarqalishidan kelib chiqib joylarni turli darajadagi hududlarga bo‘lish bilan O‘zbekiston juda to‘g‘ri strategiyani tanlaganini bildirdi. O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda mutaxassislar 13-may kuni Milliy palata bilan o‘tkazilgan videokonferensiya chog‘ida ma’lum qilgan.

Videokonferensiyada 50 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etgan bo‘lib, epidemiya bilan bog‘liq dolzarb masalalar, jumladan, karantindan chiqish bo‘yicha strategiyalar muhokama qilingan.

Robert Kox institutining Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi (ZIG) boshlig‘ining o‘rinbosari Andreas Yansenning ta’kidlashicha, karantindan chiqish unga kirishdan ham mashaqqatliroq. O‘zbekiston COVID-19 kasalligi tarqalishidan kelib chiqib joylarni turli darajadagi hududlarga bo‘lish bilan juda to‘g‘ri strategiyani tanladi.

“Hududlarga bo‘lish bo‘yicha Yevropa davlatlarida biz ham tajribalar o‘tkazmoqdamiz, lekin bu Xitoyda ham qo‘llangan chora edi – Xubey provinsiyasida karantinning eng qat’iy choralari qo‘llanilgandi”, — deya qo‘shimcha qilgan Andreas Yansen.

Uning aytishicha, hududlar uchun aniq indikatorlar bo‘lishi lozim. “Sariq” va “yashil” hududlarda aniqlab bo‘lingan bemorlar, shuningdek, muloqotda bo‘lganlarning tekshirilishi o‘ta muhim. “Qizil” hududlarda karantin cheklovlarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish lozim.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hududlar so‘nggi ikki haftadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilmoqda. Xususan, 14 kun ichida koronavirusga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar “qizil”, koronavirusga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq kasallikdan davolanayotganlar bo‘lgan hududlar “sariq”, 14 kun ichida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan va bemorlarning bari davolanib bo‘lgan hududlar “yashil” toifaga kiritiladi.

Shavkat Mirziyeyov 13-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida epidemiologik vaziyat tufayli cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib borilayotganiga qaramay, hamon karantin tartibi amalda ekanini ta'kidlab o'tdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bildirdi, O‘zbekiston, Germaniyalik, strategiyani, tanlaganini, karantindan, mutaxassislar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя