Главная » 2017 » Июнь » 1 » Germiona Greynjer – Emma Uotson turmushga chiqmoqda
07:58

Germiona Greynjer – Emma Uotson turmushga chiqmoqda


Garri Potter filmlaridagi Germiona Greynjer obrazi bilan mashhur bo‘lgan aktrisa Emma Uotson turmushga chiqmoqda.

Emma bir yildan buyon biznesmen Uilyam Mak Nayt bilan uchrashib kelmoqda. Emma sevgilisining qo‘lini so‘rashini kutib o‘tirmasdan o‘zi turmush qurish taklifini bildirdi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi xabarlar tarqaldi. Xorij OAV aktrisaga yaqin manbalar orqali bu axborotlarning rostligini tasdiqladi.

Emma bu ishi bilan dunyodagi boshqa qizlarga ham o‘rnak bo‘lmoqchiligini ta’kidlagan. Bu borada erkak kishining tashabbusini kutish shart emas, istaklarni ro‘yobga chiqarishda ayollar ham erkaklar bilan bir xil harakat qilishi mumkin, deb hisoblaydi aktrisa.

Muhimi, Uilyam Emmaning taklifini qabul qildi va ular hozirda to‘yga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Emma Uotson, Germiona Greynjer, turmushga chiqmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя