Главная » 2021 » Февраль » 19 » Ginnes rekordi: dunyodagi eng qimmat cho‘pon it sotildi
09:20

Ginnes rekordi: dunyodagi eng qimmat cho‘pon it sotildi


Uelsning Dolgellau shahrida border-kolli zotli bir yoshli it Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qimmat ovcharka sifatida kiritildi. Bu haqda UPI xabar berdi.

Ginnesning rekordlar kitobi vakillari Kim laqabli border-kolli kim oshdi savdosida 38,8 ming dollarga (taxminan 408 million so‘m) sotilganligini qayd etishdi. It Farmers Marts kim oshdi savdosi uyi tomonidan tashkil etilgan onlayn-auksionda sotuvga qo‘yilgan.

Oldingi rekord Xenna laqabli ovcharkaga tegishli bo‘lib, u 2020-yil oktyabr oyida 26 ming dollarga (taxminan 237 million so‘m) sotilgan.

Kim narxining yuqoriligi kim oshdi savdosi itning birinchi tug‘ilgan kuni arafasida o‘tkazilgani bilan izohlanmoqda.

Kimni boqib katta qilgan fermer Dyul Jenkins uning intellekti uch yoshli ovcharkaning darajasiga yetganligini aytmoqda.

«U hamma ishni bajaradi: mol va qo‘ylarni boqadi, fermada ishlashga va har qanday sinovlarga tayyor», — dedi Jenkins.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rekordi, IT, cho‘pon, qimmat, Ginnes | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя