Главная » 2020 » Декабрь » 27 » Globe Soccer Awards—2020. XXI asrning eng yaxshi jamoasi va eng yaxshi futbol agenti aniqlandi
23:28

Globe Soccer Awards—2020. XXI asrning eng yaxshi jamoasi va eng yaxshi futbol agenti aniqlandi


BAAning Dubay shahrida 27-dekabr, yakshanba kuni Globe Soccer Awards—2020 marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 2020-yilning va XXI asrning eng yaxshilari aniqlandi.

2020-yilning eng yaxshi klublari sifatida “Bavariya” e’tirof etildi. Myunxeniklar o‘tgan yil davomida Germaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida zafar quchdi.

Madridning “Real” klubi XXI asrning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Ortda qolgan 20 yil davomida “Qirollik klubi” yetti bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi va besh marta Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

Madrid klubi so‘rovnomada “Barselona”, “Bavariya” va “Al-Ahli” (Misr) kabi klublarni ortda qoldirdi.

Yorqin futbol faoliyati uchun berilgan maxsus sovringa Iker Kasilyas (“Real”, “Portu”) va Xerard Pike (“Barselona”) loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, marosimda XXI asrning eng yaxshi futbol agenti aniqlandi. Unga ko‘ra Jorje Mendesh so‘nggi yigirma yillikning eng yaxshi agenti deb topildi. Portugaliyalik bu borada Mino Rayolani ortda qoldirdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Globe Soccer Awards, I asrning, agenti, eng yaxshi, futbol, jamoasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя