Главная » 2020 » Декабрь » 27 » Globe Soccer Awards—2020. Yilning va asrning eng yaxshi futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi
23:09

Globe Soccer Awards—2020. Yilning va asrning eng yaxshi futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi


BAAning Dubay shahrida 27-dekabr, yakshanba kuni Globe Soccer Awards—2020 marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 2020-yilning va XXI asrning eng yaxshi futbolchilari aniqlandi.

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski 2020-yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rildi. Polshalik futbolchi bu borada Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) va Lionel Messidan (“Barselona”) ustun keldi.

35 yoshli Ronaldu XXI asrning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. Unga bu borada Messi, Muhammad Saloh (“Liverpul”) va Ronaldinyo (“Barselona” sobiq o‘yinchisi) raqobatchi bo‘lgandi.

Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” jamoalarida to‘p surgan.

U Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan, besh marta Yevropa Chempionlar Ligasi, uch bor Angliya chempionati, ikki martadan Ispaniya va Italiya chempionati g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, Ronaldu besh bor “Oltin to‘p” sovriniga ega chiqqan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: futbolchilari, eng yaxshi, Globe Soccer Awards, Yilning, asrning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя