Главная » 2018 » Январь » 12 » GM Uzbekistan 2017-yilda 135,47 ming nusxa yengil avtomobil ishlab chiqardi
20:39

GM Uzbekistan 2017-yilda 135,47 ming nusxa yengil avtomobil ishlab chiqardi


GM Uzbekistan AJ 2017-yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 58,1 foizga ko‘tarib, 135,47 donagacha yetkazdi, deb xabar berdi UzDaily.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekistonda 85,67 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgich 2017-yilda 135,47 mingtani tashkil etgan.

Xususan, GM Uzbekistan 2017-yilda Nexia ishlab chiqarishni 34,54 mingtagacha (7,4 foizga), Damas — 22,49 mingtagacha, Spark — 22,36 mingtagacha oshirdi.

O‘tgan yili Gentra avtomobilidan 19,16 ming nusxa (2 foizga o‘sish) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Cobalt — 18,01 mingtani (4,6 baravarga), Matiz — 13 ming (4,4 baravar), Captiva — 4,54 ming (2,1 baravar), Malibu 963 donani, Orlando esa 388 nusxani (15,5 foiz) tashkil etgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: GM Uzbekistan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя