Главная » 2018 » Январь » 24 » GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazishni boshladi
23:07

GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazishni boshladi


GM Uzbekistan eksport geografiyasini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish strategiyasini amalga oshirish doirasida Chevrolet Spark avtomobillarini Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga eksport qilishni boshladi. Bu haqda GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

2018-yil 23-yanvarida korxona tomonidan Livan va Iordaniya davlatlariga avtomobillarning ilk partiyasi yuklandi. Joriy yil davomida ushbu davlatlarga 500 donadan kam bo‘lmagan miqdorda avtomobillar eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Chevrolet Spark avtomobillarini Tunisga eksport qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: GM Uzbekistan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя