Главная » 2018 » Май » 31 » «GM Uzbekistan» «Matiz» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
21:34

«GM Uzbekistan» «Matiz» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda


2018 yilning iyul oyidan e’tiboran «GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarish quvvatlarida «Matiz» rusumli avtomobillarni yig‘ish yakunlanadi. Bu haqda «GM Uzbekistan» matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Ushbu qaror modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyaga muvofiq hamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatgan olgan holda qabul qilindi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.

«GM Uzbekistan» iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlari bajarilishini va avtomobillarning tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, «Matiz» avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan to‘rtinchi model bo‘lib, 2001 yil avgust oyidan yig‘ila boshlangan. 2004 yil dekabr oyida dvigatel hajmi 1 l. bo‘lgan «Matiz Best» hamda avtomatik uzatma qutili modifikatsiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

«Matiz» avtomobillari kichik hajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo‘lib, ushbu sinfdagi avtombillarga bo‘lgan ehtiyoj «Spark» avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: GM Uzbekistan, matiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя