Главная » 2020 » Август » 9 » Go‘sht iste’mol qiluvchilar va vegetarianlar: kim ko‘proq yashaydi?
11:51

Go‘sht iste’mol qiluvchilar va vegetarianlar: kim ko‘proq yashaydi?


To‘g‘ri ovqatlanish tufayli go‘sht iste’mol qiluvchilar vegetarianlarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rishadi. Ushbu fikrni tibbiyot fanlari nomzodi, diyetolog Inna Kononenko aytib o‘tdi.

"Bizning tanamizda hamma narsa oqsildan iborat. Vegeterianlar har doim ham protein yetishmasligining oqibatlarini darhol ko‘ra olishmaydi. Yosh o‘tgani sari bu bilina boshlaydi", — deya tushuntirdi u.

Kononenko tananing ikki ko‘rsatkichiga e’tibor qaratdi. Birinchisi, qon tomir devorining qalinligi. Vegeterianlar ko‘p miqdordagi xolesterolni iste’mol qilmasliklari sababli, bu devor go‘shtni iste’mol qiluvchilarnikiga qaraganda yuqaroq bo‘ladi.

"Agar go‘sht iste’mol qiladigan kishi B12, D3, K2 vitaminlarini yetarli miqdorda iste’mol qilsa, unda ushbu kompleksning qalinligi oshmaydi", deb ta’kidladi shifokor.

Qarishning ikkinchi belgisi — bu mitoxondrial funksiya. Mutaxassis ularni hujayralarning "elektr stansiyalari" deb ataydi.

"Ular vegetarianlarda go‘sht iste’mol qiluvchilarga qaraganda yomonroq ishlaydi. Buning sababi, go‘sht l-karnitin manbai, mitoxondriyalarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan modda. Shuningdek, bizning proteinimiz sintezini tavsiflovchi ko‘rsatkich mavjud. Afsuski, vegetarianlar hamma moddalarni ham olavermaydi", — dedi Kononenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lum bir organik birikma bo‘lmasa, ma’lum bir oqsilni ajratish va assimilyasiya qilish jarayoni buziladi, bu sochlar, tirnoqlar o‘sishi, ko‘rish, terining va qon tomirlarining yomonlashishiga olib keladi.

Diyetolog go‘sht iste’mol qiluvchilarga ham, vegetarianlarga ham vitamin va mikroelementlar yetishmasligidan saqlanishni tavsiya qildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: kim ko‘proq, yashaydi, vegetarianlar, iste’mol qiluvchilar, go‘sht | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя