Главная » 2020 » Январь » 25 » Go‘sht yemaslik. Olimlar nima deydi?
07:32

Go‘sht yemaslik. Olimlar nima deydi?


Har yili Britaniyaning “Veganuary” tashkiloti veganlik oyini o‘tkazishga chaqiradi – bu oyda go‘sht, baliq va sut mahsulotlarini yeyish taqiqlanadi. Salomatlik holatini yaxshilash uchun ko‘pchilik bu dasturda ishtirok etadi. Ammo bunday uzoq muddatli diyetaning qanday zarari bor?


Faqat o‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanish yurak kasalliklari, gipertoniya, semizlikdan aziyat chekuvchilarning salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ammo butun umr vegancha oziqlanishni shifokorlar ijobiy qabul qilmaydi. Doimiy veganga aylanmoqchi bo‘lsangiz, buni salomatlikka zarar yetkazmasdan amalga oshirish haqida bilib olishingiz kerak. Yetarlicha tayyor bo‘lmaslik ba’zida ozuqaviy moddalar tanqisligiga olib kelishi mumkin. Ratsioningizni keskin o‘zgartirishdan oldin muhim axborotlar bilan tanishib chiqishingiz zarur. 
 
Uzoq muddatli vegancha diyeta bahsli hisoblanadi 
Amerika oziqlanish va diyetologiya akademiyasi “to‘g‘ri rejalashtirilgan” vegancha diyetani “foydali” deb hisoblaydi – u yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tipdagi diabet, yuqori qon bosimi, saratonning bir qancha turlari va semizlikka qarshi profilaktik ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa mamlakatlarning mutaxassislari (masalan, Avstraliya, Kanada, Portugaliya) bunga qo‘shiladi. Ammo “to‘g‘ri rejalashtirish”ning muhim jihatini yodda saqlash lozim. 
 
“Agar vegan bo‘lishni istasangiz, har doim B12 vitamini qo‘shimchasini qabul qilishingiz lozim”, – deydi nemis diyetologlar jamiyati mutaxassislari. 
 
Shuningdek, veganlar har doim qon ko‘rsatkichlarini tekshirishi lozim. Homilador ayollar, emizikli bolasi bor onalar, bolalar va o‘smirlarga mutaxassislar bunday o‘simlik diyetasini qat’iy masalahat bermaydilar. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя