Главная » 2016 » Декабрь » 19 » Go‘shtli o‘rama - bir xillikdan chekinamiz!
15:09

Go‘shtli o‘rama - bir xillikdan chekinamiz!


Zarur masalliqlar: 750 gr. go‘sht qiymasi, 500 gr. mol go‘shti (suyaksiz), 250 ml. sut, 250 ml. sho‘rva yoki suv, 150 gr. pishloq, 8-10 ta salat bargi,  
1 dona tuxum, 1 bo‘lak oq non, 1 bosh piyoz, 3 osh qoshiqdan sariyog‘ va un, 1 choy qoshiq dolchin, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Nonni iviting, piyozni maydalab to‘g‘rang.

2. Salat bargini tuzli suvda 5-7 daqiqa qaynatib, keyin sovuq suvda chayib oling. Suvini yaxshilab silqitishni unutmang.

3. Go‘sht qiymasiga piyoz, ivitilgan non, tuxum, tuz, murch, maydalangan ko‘katlar, dolchinni qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Keyin yog‘langan qolipga solib, qiymani «buxanka» non ko‘rinishiga keltiring.

4. Go‘sht ustidan karam yaproqlarini o‘rang. Go‘shtni yupqalab uzunasiga kesing-da, uni karam ustidan joylashtiring. O‘ramani 150-175 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo‘ying.
5. Sous tayyorlash uchun o‘simlik yog‘ini qizdirib, un, sut va sho‘rvani solib, 5 daqiqa qaynating. So‘ngra qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni qo‘shib, tuz, murch seping. 

6. O‘ramani tayyor bo‘lgach, sousni soling-da, yana 20 daqiqada gaz pechida qoldiring. 

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.

5 kishilik. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Go‘shtli o‘rama | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя