Главная » 2020 » Ноябрь » 18 » Go‘zallik saloni xodimi dahshatli jinoyatga qo‘l urdi
23:29

Go‘zallik saloni xodimi dahshatli jinoyatga qo‘l urdi


Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko'ra, 2020-yil 16-noyabr kuni soat 18:10 da Buxoro shahar IIO FMB Navbatchilik qismiga, Shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali navbatchi shifokori qo‘ng‘iroq qilib, shaharning Q.Murtazoyev ko‘chasida yashovchi 2009-yilda tug‘ilgan, 5-sinf o‘quvchisi, ota-onasi karamog‘ida bo‘lgan voyaga yetmagan F.M. ismli qizning bosh sohasidan tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergov-tezkor guruhi tomonidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.

Voyaga yetmagan F.M. o‘z uyida yolg‘iz bo‘lgan vaqtda u istiqomat qilib kelayotgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi go‘zallik salonida ishlovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, oilali, 2 nafar farzandning onasi, Buxoro tumani «Tor-Tor» mahalla MFYda yashovchi ayol M.Sh. uyda voyaga yetmagan qizning yolg‘izligi va ota-onasining chiqib ketganligi fursatidan foydalangan holda xonadonga kirgan. Voyaga yetmagan F.M.ning bosh qismiga yonida o‘zi bilan olib kelgan qo‘lbola usulda tayyorlangan temir bolg‘acha bilan urib yorgan. Bu ham yetmagandek uning yuziga yostiq bilan bosib bo‘g‘ib, F.M. hushidan ketganidan so‘ng uni o‘ldi deb o‘ylagan va xonadondan 12 xil turdagi ayollar tilla va kumush taqinchoqlari, 100 AQSh dollari va 6.250.000 so‘m naqd pulni o‘g‘irlab ketgan.

Gumon qilinuvchidan o‘g‘irlangan taqinchoq va pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qotillikka suiqasd) 2-qismi «i» bandi va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda jinoyat sodir qilganlikda gumon qilinuvchi M.Sh. qamoqqa olingan.

Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Shu kabi og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik uchun voyaga yetmagan farzandingiz, keksa otaxon va onaxonlar, xasta (nogironligi bo‘lgan) bo‘lib yotgan oila a’zolaringizni uyda yolg‘iz yoki qarovsiz qoldirib ketmaslik, kunning istalgan vaqtida o‘zingizga notanish, turli tekshiruv (mahalla, elektr, gaz, suv va boshqa) idoralarining vakillari sifatida uyingizga kirmoqchi bo‘lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rib ishonch hosil qilmasdan uyingizga kiritmaslik choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xodimi, jinoyatga, qo‘l urdi, Go‘zallik saloni, dahshatli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя