Главная » 2021 » Октябрь » 11 » «Gollivud kaskadyorlarini hijolat qilgan» tasvirchi ham «nasibasi»ni oldi
21:29

«Gollivud kaskadyorlarini hijolat qilgan» tasvirchi ham «nasibasi»ni oldi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Bizning fotograflar oldida gollivud kaskadyorlari hijolat» izohi bilan video tarqalgan edi.

Videoda yo‘lovchi o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ygan holda harakat vaqtida «Spark» rusumli avtomobil salonidan chiqib olganligi aks etgan.

Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilganda, ushbu holat 2021 yil 5 oktyabr kuni soat 16:30 larda, Yangihayot tumani hududida sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Yo‘lovchi sifatida qoidani buzgan, 1999 yilda tug‘ilgan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 138-moddasi to‘rtinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «o‘rgimchak tasvirchi» jarimaga tortilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tasvirchi, Gollivud, nasibasi, kaskadyor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя