Главная » 2020 » Май » 27 » Gollivud yulduzlari o‘z karyerasining boshida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
18:15

Gollivud yulduzlari o‘z karyerasining boshida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)


Siz-u biz tashqi ko‘rinishiga havas bilan qaraydigan mashhurlar tashqi ko‘rinishi karyerasining boshida hozirgidek mukammal bo‘lmagan. Bunga quyidagi suratlar misol bo‘la oladi.

Jennifer Eniston

Bugungi kunda Gollivudning eng chiroyli aktrisalardan biri hisoblangan Jennifer Enistonning tashqi ko‘rinishi karyerasining boshida tamoman boshqacha bo‘lgan. Soch turmagi, makiyaj va kiyinish borasidagi tafovutni suratlardan payqash qiyin emas.

Anjelina Joli

Karyerasining boshida aksari Gollivud aktrisalari tashqi ko‘rinishi jihatidan kulgili va g‘alatiroq ko‘ringan bo‘lishi mumkin, lekin bu ta’rif Joliga begona. G‘aroyib soch turmagi va liboslarga qaramay, Joli avval ham hozirgidek go‘zal va latofatli bo‘lgan.

Skarlett Yoxansson

Gollivudning eng iste’dodli mallasoch xonimlaridan biri, go‘zal qiyofasi va qomati bilan kishilarni maftun etuvchi Skarlettning 2000-yillarda​gi tashqi ko‘rinishi, hozirgidan farq qilgan.

Britni Spirs

Britnining tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab, uning avvalgi makiyaji va uslubi hozirgidan ko‘ra ko‘proq yarashganini bilish mumkin.

Keti Perri

Ketining hozirgi va avvalgi suratlari solishtirilsa, boshqa-boshqa odamdek tasavvur paydo bo‘ladi. U karyerasining boshida hozirgidek yorqin bo‘lmagan makiyaj, qaralmagan soch va didsiz liboslar bilan namoyon bo‘lgan.

Nikol Kidman

Nikol faoliyatining ilk chog‘larida deyarli makiyajsiz, tartibsiz qo‘ng‘iroq sochlar bilan ko‘rinish bergan. Aktrisa o‘zini u vaqtlarda “irkit o‘rdakcha” deb hisoblaganini tan oladi. Uning tashqi qiyofasi, Tom Kruz bilan birgalikdagi chiqishlardan keyin o‘zgargan.

Jennifer Lopes

Jennifer Lopes karyerasining ilk yillari, jingalak kokillar, qayirma qoshlar va 90-yillarda urf bo‘lgan jigarrang pomadaga bo‘yalgan lablar bilan esda qolgan. Qizig‘i shundaki, Lopesning eski suratlariga nazar tashlab, hozir avvalgidan ham yoshroq ko‘rinishini bilish mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: karyerasining, ko‘rinishda, Gollivud, qanday, (Foto), bo‘lgan, yulduzlari, boshida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя