Главная » 2020 » Май » 19 » Gollivudning bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q shou-biznes vakillari
15:34

Gollivudning bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q shou-biznes vakillari


Suratga olish maydonchasida hamma narsa bo‘ladi. Do‘stlik munosabatlariga nuqta qo‘yilishi, dushmanlar esa bir-biriga ko‘ngil qo‘yishi ham tabiiy hol.

Uill Smit va Jared Leto

Aktyorlar o‘rtasida kelishmovchilik “O‘z joniga qasd qiluvchilar otryadi” filmining suratga olish jarayonidan keyin boshlangan. Shundan keyin Uill Jaredni noprofessional aktyor, deb atagan. Bu hali hammasi emas, Uill shundan keyin bir necha marotaba Jared ijodi va uning 30 seconds to Mars deb nomlangan guruhi haqida salbiy fikrlar bildirib, uni yomon ko‘rishini ochiqchasiga tan olgan. Leto bu borada jim turishni va ortiqcha izoh bermaslikni ma’qul ko‘radi, lekin qachongacha e’tibor bermaslik mumkin, noma’lum.

Emma Uotson va Chenning Tatum

Aktyorlar o‘rtasidagi konflikt shu darajaga bordiki, Emma filmda suratga tushishdan bosh tortib, “Super Mayk” loyihasini yarim yo‘lda tark etgan. Bunga Tatumning o‘zini qo‘pol tutishi sabab bo‘lgan. Shundan keyin “Sohibjamol va maxluq” filmida Gaston rolini jonlantirishi kerak bo‘lgan aktyorga Emma bilan birga ijro qilishdan bosh tortgani sabab rol berilmagan.

Jastin Biber va Orlando Blum

Jastin Orlandoning yoqtirgan qizini uchrashuvga taklif qilgan, qiz bo‘lsa rozi bo‘lganidan keyin hammasi boshlangan. Konfliktdan Biberga singan burun esdalik bo‘lib qolgan.

Shennen Doerti va Alissa Milano

Bir-biriga yaqin, hatto to‘yda kelin dugona bo‘lgan do‘stlar o‘rtasida jarlik paydo bo‘ladi, deb kim ham o‘ylabdi deysiz. Sobiq dugonalar nima uchun urishib qolgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Mish-mishlarga ko‘ra, ularning o‘rtasidagi munosabatlar buzilishiga qaysidir yigit sababchi bo‘lgan. Shennen va Alissaning o‘zi bu mavzuga izoh berishni istamaydi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Shou-biznes, ko‘rarga ko‘zi, Gollivudning, vakillari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя