Главная » 2020 » Февраль » 7 » Gonkonglik olimlar koronavirusni 40 daqiqada aniqlaydigan uskuna ixtiro qildi
22:14

Gonkonglik olimlar koronavirusni 40 daqiqada aniqlaydigan uskuna ixtiro qildi


Gonkong fan va texnika universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qisqa vaqt ichida aniqlovchi qurilma ixtiro qildi, deb xabar berdi “RBK”.

“Mikrosuyuq chiplarning yangi texnologiyasi tufayli qurilma koronavirusni 40 daqiqada aniqlay oladi”, — deyiladi xabarda.

Taqqoslash uchun, hozirda koronavirusni aniqlash uchun ishlatilayotgan texnologiya bu jarayon uchun 1,5 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflaydi.

Yangi uskunaning ishlash tartibi burun bo‘shlig‘idan olingan namunani tekshirishga qaratilgan.

Har bir qurilma mikroflyuid portativ PCR analizatori, dastlabki qayta ishlash bloki, biotest chipi va koronavirus nuklein kislotalarini aniqlash uchun yangi to‘plamlar bilan jihozlangan. Bunda uskuna bir vaqtning o‘zida sakkizta namunani tekshira oladi.

Avvalroq Xitoy hukumati koronavirusga davo topilganini ma'lim qilgan edi. Uxan shahridagi virusologiya instituti 2016-yildayoq Amerikaning Gilead Sciences biotexnologik kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Remdizivir”ga patent olish uchun talabnoma kiritdi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi.


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя