Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Google “Garri Potter”dagi sehrli so‘zlarni reallikka aylantirdi
14:58

Google “Garri Potter”dagi sehrli so‘zlarni reallikka aylantirdi


“OK Google” ovozli qidiruv xizmati britaniyalik yozuvchi Joan Roulingning “Garri Potter” kitobidagi sehrli so‘zlarni reallikka aylantirmoqda. Bu haqda Google kompaniyasining internetdagi blogida yozilgan.

Endi android sistemasida ishlovchi samartfon egalari telefondagi fonarchani yoqishi uchun “OK Google” ovozli qidiruv xizmatini yoqib, “Lyumos” so‘zini aytishi kifoya.“Garri Potter” kitobida qahramon “Lyumos” so‘zini aytib sehrli tayoqchaning uchida kichik olov paydo qilgan edi. Fonarchani o‘chirish uchun esa “Noks” so‘zini qo‘llash mumkin. Bu orqali telefon yoritgichi o‘chiriladi.

Agar smartfon foydalanuvchilari telefonning ovozini o‘chirib qo‘yishi kerak bo‘lsa, “Silensio” so‘zi orqali buyruq beriladi.

Darvoqe, u xizmat faqat android tizimidagi smartfonlarda ishlaydi.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Google, Garri Potter, sehrli so‘zlar, reallikka aylantirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя