Главная » 2020 » Июнь » 1 » Green Card javoblari 6 iyunda ma'lum bo‘ladi
22:30

Green Card javoblari 6 iyunda ma'lum bo‘ladi


AQShda yashash va ishlash huquqini beradigan Green Card lotereyasining DV-2021 dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tganlar javoblarni 6 iyundan boshlab tekshirishlari mumkin bo‘ladi. AQSh davlat departamenti saytida bu borada eslatma berilgan.

2019 yil 2 oktyabrdan 5 noyabrgacha bo‘lgan vaqtda ro‘yxatdan o‘tganlar javoblarni AQSh davlat departamenti saytida ishtirokchilar tasdiqlov raqamlarini 2021 yil 30 sentyabrgacha saqlab qo‘yishi kerakligi eslatilgan. Agar siz ham yuqorida ko‘rsatilgan muddatda Green Card lotereyasi uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, javoblarni 6 iyundan boshlab quyidagi manzilda (http://dvprogram.state.gov/) tekshirishingiz mumkin.

AQSh davlat departamenti lotereya uchun faqat va faqat ismi ko‘rsatilgan odamning o‘zi tashkilot saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerakligini eslatib keladi. Ammo ko‘plab mamlakatlarda, xususan O‘zbekistonda ham ko‘pchilik Green Card uchun ro‘yxatdan o‘tishni murakkab jarayon deb hisoblab, o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tishni maxsus firmalarga ishonishadi. Bunday hollarda lotereya javobini bilish uchun hech qanday pul talab qilinmasligini, javoblar faqat va faqat AQSh davlat departamenti saytida (http://dvprogram.state.gov/) e'lon qilinishini unutmaslik kerak.

Ma'lumot uchun, AQSh davlat departamenti bu yilgi Green Card lotereyasi g‘oliblarini e'lon qilish muddatini 5 maydan 6 iyunga ko‘chirishga qaror qilgandi. Shuningdek, ayni damda AQShda yashash va ishlash uchun viza berish vaqtincha to‘xtatilgan va cheklov 22 iyungacha amal qiladi. Shu bois cheklov bu yilgi Green Card g‘oliblariga ta'sir qilmaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Green card, ma'lum bo‘ladi, javoblari | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя