Главная » 2020 » Октябрь » 7 » Gulistondagi kovid markazida yuz bergan portlash bo‘yicha jinoiy ish ochildi
21:39

Gulistondagi kovid markazida yuz bergan portlash bo‘yicha jinoiy ish ochildi


Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu haqda «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Qayd etiladiki, portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatildi. Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida kislorod balloni portlashi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Biroz o‘tib, FVV hodisa haqida dastlabki ma’lumotni taqdim qildi. 

Sirdaryo viloyati IIB tafsilotlarni ma’lum qilarkan, hodisa oqibatida majmuada kislorod stansiyasiga xizmat ko‘rsatgan 1 nafar fuqaro D.M. tan jarohati olib, RShTYoIM Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgani, vafot etgan fuqarolar yo‘qligini qayd etdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: portlash, Gulistondagi, ochildi, yuz bergan, kovid, jinoiy ish, markazida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя