Главная » 2020 » Январь » 6 » Gulnora Karimova ishi bo‘yicha navbatdagi tergov yakunlandi. Jinoyat ishi sudga oshirildi
17:54

Gulnora Karimova ishi bo‘yicha navbatdagi tergov yakunlandi. Jinoyat ishi sudga oshirildi


«Bosh prokuratura tomonidan jinoiy uyushma tarkibida tovlamachilik, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish va chet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etgan G.Karimova va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlandi», deyiladi bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Hozirda jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun ayblov xulosa bilan sudga yuborilgan.

Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

U O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan trillionlab so‘m daromadni soliqdan yashirganlik, o‘zgalarning trillionlab so‘mlik mulkini tovlamachilik bilan tortib olish va qariyb 2 milliard AQSh dollarini xorijda berkitish kabi jinoyatlarda ayblangan.

Keyinroq Gulnora Karimovaga nisbatan firibgarlik, xorijiy valutani yashirish, bojxona qonunchiligini buzilishi bo‘yicha yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

2017 yilning 18 dekabrida 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Gulnora Karimovaga jazo 2018 yilning 1 iyulida 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan.

Lekin uy qamog‘ida o‘tirgan Gulnora Karimova O‘zbekistonga yetkazilgan zararni qoplashga faol qarshilik qilgani, shuningdek cheklovlarni buzgani uchun 2019 yilda Zangiotadagi qamoqxonaga qaytarilgan.

Gulnora Karimova endi unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddatini umumiy tartibli koloniyada o‘tamoqda.

2019 yilning dekabr oyida bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan navbatdagi jinoyat ishi bo‘yicha ma'lumot bergan, unga ko‘ra u o‘lpon yig‘ish va qo‘rqitib, mulklarni tortib olishda ayblanayotgani aytilgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя