Главная » 2020 » Июнь » 15 » Gulnora Karimovaning hukumatga qaytarilgan pullari nimaga sarflanishi aytildi
18:45

Gulnora Karimovaning hukumatga qaytarilgan pullari nimaga sarflanishi aytildi


15 iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i S.O‘rinboyeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda chet elga noqonuniy olib chiqilgan aktivlarning O‘zbekistonga qaytarilishi borasida olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi tomonidan O‘zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida G.Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mulklarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida joriy yilning 14 may kuni Fransiyadan 10 million AQSh dollari miqdoridagi aktivlar O‘zbekistonga qaytarilganidan xabardorsiz.
Shu bilan birga, qayd etish joizki, mulklarni qaytarish bo‘yicha barcha muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.
Jumladan, O‘zbekistonga qaytarilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik da’vosi bo‘yicha Parij shahri sudining 2019 yil 29 iyundagi qarori ijrosi doirasida musodara qilingan Parij shahri Marashal Manuri ko‘chasidagi «Triplex» turar joy majmuasida joylashgan ko‘chmas mulkni sotishdan kelib tushgan.
Shuningdek, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida G.Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 mlrd. AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, AQSh, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Alohida ta’kidlash lozimki, mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga o‘tkazib berildi va umumiy tartibda ishlatiladi.
Jumladan, Fransiyadan qaytarilgan mablag‘lar sarf qilinishi rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar va ularning amalga oshirilish jarayoni haqida shaffof ma’lumotlar keng jamoatchilikka muntazam va davriy taqdim qilib borilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Moliya vazirligining mutasaddi vakilining chiqishida batafsil to‘xtalib o‘tiladi" - deyiladi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi axborotida.

Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Gulnora Karimova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя