Главная » 2021 » Апрель » 21 » Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi
16:43

Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning nabirasi Imon Karimova O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan. 

Londonda tahsil olib, istiqomat qilib kelayotgan Imon Karimova Samarqandga borib, bobosi Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan. U Instagram’dagi sahifasiga qabrtosh ustiga gul qo‘yayotgan yigit suratini joylashtirgan. 

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Islom Karimov qabri joylashgan maqbara ichiga maxsus mehmonlardan tashqari boshqa ziyoratchilarning kirishi taqiqlangan. Imon Karimova bilan maqbara ichiga kirgan yigit Karimovlar oilasiga kim bo‘lishi esa noma’lum. 

Shuningdek, Imon Karimova Islom Karimovning Samarqand shahrida joylashgan shaxsiy hovlisiga ham borgan. 

Ma’lumki, Karimovlar oilasining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uchun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritishda bosh-qosh.

Lola Karimovaning qizi Maryam esa kuni kecha taniqli rus blogeri Amiran Sardarovga turmushga chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning farzandlari Islom Karimov va Imon Karimovaning oilaning boshqa a’zolari, xususan xolasi Lola Karimova Tillyayeva va buvisi Tatyana Karimova bilan aloqasi yo‘q. Bir vaqtlar Tatyana Karimova Imon Karimovani Toshkentda olib qolishga uringani, unga uy bergani, biroq Imon buni qabul qilmagani haqida gap-so‘zlar mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova buvisi Tatyana Karimova va xolasi Lola Karimova-Tillyayeva bilan 2017 yilning avgust oyida poytaxt Toshkentda Islom Karimov haykali ochilish marosimida qatnashgan edi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonga, qaytdi, Gulnora Karimovaning, qizi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя