Главная » 2021 » Февраль » 14 » Gvineyada Ebola epidemiyasi boshlangani e’lon qilindi
22:49

Gvineyada Ebola epidemiyasi boshlangani e’lon qilindi


Gvineya hukumati bugun, 14 fevral kuni mamlakatda Ebola bezgagi epidemiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda mahalliy “guinee114” axborot portali xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, kasallik Gvineyaning Nzerekore prefekturasi va Guyeke shahrida boshlangan. Shu sababli epidemiyaga qarshi bir qator choralar kiritishga, jumladan, Ebolaga chalinganlar bilan aloqada bo‘lganlarni aniqlab, ularni yakkalashga qaror qilingan.

Qayd etilishicha, bunday choralar Ebola bezgagi belgilari bilan vafot etgan 4 kishining qon tahlili natijalari olingandan keyin qabul qilingan. Natijalar vafot etganlarning 3 nafarida virus borligini tasdiqlagan.

14 fevralda JSST Gvineyaga kasallikka qarshi kurashda yordam berish uchun barcha zaxiralarni tezkorlik bilan safarbar qilishini e’lon qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Gvineya 2014-2016 yillarda G‘arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalishi o‘choqlaridan biriga aylangandi. O‘shanda bu hududda 28 mingdan ko‘proq kishi kasallikka chalingan, 11,3 ming kishi undan vafot etgan. Eng og‘ir epidemiologik vaziyat Gvineyaga qo‘shni Liberiya va Serra-Leoneda kuzatilgan. 

Gvineyada virusning tarqalishi Afrikada joriy oyda qayd qilinayotgan ikkinchi holatdir. 1 fevralda Kongo Demokratik Respublikasining Butembo shahrida Ebolaga chalingan 4 kishi aniqlangandi. Ulardan 2 nafari vafot etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Ebola kasalligi ilk bor sobiq Zair (hozirgi Kongo Demokratik Respublikasi – tahr.) hududida 1976 yilda aniqlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: e’lon qilindi, Ebola, epidemiyasi, Gvineyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя