Главная » 2021 » Февраль » 11 » Habib futbolga kirib kelmoqda. U qaysi klubda o‘ynamoqchiligini aytdi
19:42

Habib futbolga kirib kelmoqda. U qaysi klubda o‘ynamoqchiligini aytdi


Aralash janglar bo‘yicha UFC yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov professional futbolda debyut qilmoqchi ekani to‘g‘risidagi savollarga javob berdi.

“Shunaqa niyat bor... “Spartak” klubi? Albatta, bu – ajoyib jamoa, ammo mahalliy darajadagi. Orzuyimdagi klubi esa “Real Madrid”. Esimni tanib, 90 daqiqa ko‘rgan birinchi o‘yinim 1998 yilgi Chempionlar Ligasi finalidir. O‘shanda “Real Madrid” “Yuventus”ga qarshi maydonga tushgan edi. O‘yinda Miyatovich ofsayddan gol urgan. Ammo biz, Madrid muxlislari, buni qabul qilmaymiz”, deydi Nurmuhamedov.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Nurmuhamedov Rossiyaning “Spartak” klubi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga tashrif buyurdi va u yerda Moskva jamoasi futbolchilari bilan o‘ynadi.

Shuningdek, Rossiyaning uchinchi divizionida to‘p suruvchi “KamAZ” klubi Habib Nurmuhamedovga futbol karerasini ushbu jamoada boshlash to‘g‘risida taklif yuborgan.

Ma’lumot o‘rnida, Nurmuhamedov 2020 yilning kuzida amerikalik jangi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, iste’foga chiqishga qaror qilgan. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u yozda koronavirus infeksiyasi asoratlari tufayli vafot etgan otasi Abdulmanap Nurmuhamedovsiz jang qilmasligi to‘g‘risida onasiga va’da bergan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: klubda, futbolga, Habib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя