Главная » 2020 » Декабрь » 21 » Habib Instagramda Ronaldu haqida post qoldirdi
23:07

Habib Instagramda Ronaldu haqida post qoldirdi


Amaldagi UFC chempioni, rossiyalik jangchi Xabib Nurmuhamedov Turinning “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronalduning davom etayotgan yuqori saviyadagi faoliyatiga yana bir bor qoyil qoldi.

“15 yil yuqori cho‘qqida. Deyarli imkonsiz”, deb yozdi Nurmuhamedov Instagram’da 35 yoshli portugaliyalik Italiya chempionatining 13-tur uchrashuvida “Parma”ga qarshi o‘yinda (4: 0) dublga erishganidan so‘ng.

Ronaldu Italiyaning “Yuventus” jamoasida 2018 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Bungacha, u Ispaniyaning “Real”, Angliyaning “Manchester Yunayted” va Portugaliyaning “Sporting” jamoalarida o‘ynagan. 35 yoshli portugaliyalik besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi, uch karra Angliya chempioni va ikki karra Ispaniya hamda Italiya chempionidir. Ronaldu UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa kubogi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi (132 ta gol). So‘nggi 10 mavsumda u olti marta musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu MMA va boksga futboldan ko‘proq qiziqishini aytgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, post, Instagram, Habib, qoldirdi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя