Главная » 2021 » Январь » 24 » Habib Konorning mag‘lubiyatiga izoh berdi
21:23

Habib Konorning mag‘lubiyatiga izoh berdi


Bugun, 24 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 257 turnirining asosiy jangida irlandiyalik Konor Makgregor raqibi amerikalik Dastin Puarega imkoniyatni boy berdi.

Jangdan so‘ng, Konorning ashaddiy raqibi rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov Twitter sahifasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Seni chempionlikka olib chiqqan o‘z jamoangdan voz kechib, sparing-sherigingni tashlab ketsang va kelajagi reallikdan uzoqda bo‘lgan yosh bolalar bilan shug‘ullansang, yakuni mana shunaqa bo‘ladi”, deydi Habib.

Bugun, 24 yanvar kuni Abu-Dabining “Janglar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 257 turnirining asosiy karterida o‘zbekistonlik Mahmud Murodov ham oktagonga ko‘tarildi va amerikalik raqibini 3-raundda texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozondi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Konorning, Habib, izoh berdi, mag‘lubiyatiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя