Главная » 2020 » Октябрь » 23 » Habib Nurmagomedov: “Futbol — men uchun birinchi raqamli sport turi. U yerda birovni urish yoki sindirishga majbur emassan”
08:36

Habib Nurmagomedov: “Futbol — men uchun birinchi raqamli sport turi. U yerda birovni urish yoki sindirishga majbur emassan”


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov futbolga bo‘lgan qiziqishi haqida gapirdi.

“Krishtianu bilan bog‘lanib turaman, Benzema va Zlatan bilan suhbat qurib turamiz. Futbol men uchun birinchi raqamli sport turi. Bolaligimdan futbolchi bo‘lishni orzu qilganman, har doim futbol tomosha qilardim.

Futbol yaxshiroq. U yerda urish, sindirish va jarohat yetkazish kerak emas. Sen shunchaki maydonga chiqasan va qay darajada professional ekaningni chiroyli suratda namoyish qilasan. Bu ham juda qiyin sport turi.

Futbol menga UFC va MMA’ga qaraganda ko‘proq yoqadi. Futbolni qancha tomosha qilsam ham bundan charchamayman. UFC esa... Avvallari janglarni ko‘rib turardim, biroq hozir unday emas.

Futbolda hamma o‘yinlari ko‘rib boraman, barcha jamoalar bilan tanishman, kim qayerda o‘ynaydi, qaysi jamoa qay musobaqada g‘olib bo‘lgan, UEFA Kubogi, Chempionlar Ligasi, Yevropa Chempionati... Xullas hammasi bilan yaxshi tanishman”, — deydi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib 24-oktabr, shanba kuni “Jangchilar oroli” bo‘lib o‘tgan UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: futbol, majbur emassan, Habib Nurmagomedov, urish, sport turi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя