Главная » 2020 » Декабрь » 3 » Habib Nurmagomedov qaysi holatda UFC’ga qaytadi? Uning o‘zi javob berdi
09:39

Habib Nurmagomedov qaysi holatda UFC’ga qaytadi? Uning o‘zi javob berdi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov uni sportga nima qaytara olishini aytdi.

“Chempionlik unvoni bilan o‘zimni yaxshi his qilyapman. Vaqti kelib bu sovrin vakant bo‘ladi. Bundan bahra olishimga qo‘yib bering, uni mendan tortib olishga namuncha oshiqyapsiz? Bu haqida hozircha o‘ylamadim.

Deyna Uayt meni nima orqali qaytarishi mumkin? Birinchi navbatda pul taklif qiladi. Meni birorta raqib bilan hayron qoldirish qiyin. Konor Makgregor — Dastin Porye jangi? Ularning ikkisini ham taslim etganman, ular chempion edi — ikkisi ham taslim bo‘ldi. Ularga qarshi jang qilish men uchun qiziq emas.

Eshak g‘alaba qozonmaguncha, ot chopishni boshlamaydi. Agar Deyna 100 million dollar taklif qiladigan bo‘lsa, mana bu muammo bo‘ladi”, — deydi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib yengil vazn toifasi chempionligini uch bor — Konor Makgregor, Dastin Porye va Jastin Getjiga qarshi janglarda himoya qildi. UFC 254 musobaqasi doirasida Getjiga qarshi kechgan jangdagi g‘alabadan keyin rossiyalik sportchi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: javob berdi, Habib Nurmagomedov, ufc | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя