Главная » 2020 » Октябрь » 22 » Habib Nurmagomedov UFC’dagi har bir jangi uchun qancha miqdorda gonorar olgani hisoblab chiqildi
21:16

Habib Nurmagomedov UFC’dagi har bir jangi uchun qancha miqdorda gonorar olgani hisoblab chiqildi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov 24-oktabr, shanba kuni UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Jang oldidan MMA Manifesto rossiyalik yakkakurashchi faoliyati mobaynidagi janglardan qancha miqdorda kafolatlangan gonorar olganini hisoblab chiqdi.

Habib eng katta gonorarni Dastin Poryega qarshi jangda qo‘lga kiritgan. Habib uchun so‘ngisi bo‘lib turgan jangning kafolatlangan gonorari 6,09 million dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, Nurmagomedov Konor Makgregorga qarshi jangidan 1,5 million dollar ishlab olgan.

Quyida Habib UFC’dagi faoliyati mobaynida qo‘lga kiritgan kafolatlangan gonorarlar bilan tanishning:

  • Kamal Sharlorus — 16 ming dollar
  • Gleyson Tibau — 20 ming dollar
  • Tiagu Tavares — 24 ming dollar
  • Abel Truxilyo — 28 ming dollar
  • Pet Hili — 46 ming dollar
  • Rafael dos Anyos — 42 ming dollar
  • Darrell Horcher — 48 ming dollar
  • Maykl Jonson — 57 ming dollar
  • Edson Barboza — 210 ming dollar
  • Al-Yakvinta — 530 ming dollar
  • Konor Makgregor — 1,5 million dollar
  • Dastin Porye — 6,09 mln dollar

Ma’lumot uchun, kafolatlangan gonorar sportchining jangda qanday natija qayd etishidan qat’i nazar taqdim etiladi. Shuningdek, unda reklama va turli bonuslar evaziga taqdim etiladigan pullar hisobga olinmaydi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: jangi, Habib Nurmagomedov, gonorar, hisoblab chiqildi, ufc | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя