Главная » 2020 » Март » 2 » Habib Nurmuhamedov Floyd Meyvezerga shart qo‘ydi
23:29

Habib Nurmuhamedov Floyd Meyvezerga shart qo‘ydi


Yengil vazn toifasi bo‘yicha UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Floyd Meyvezerga shart qo‘ydi.

“U hali ham menga qarshi jang qilishni istayaptimi? O‘ylaymanki, u o‘z nomini tarixga muhrlab qo‘ymoqchi. Bir necha kun oldin u tavallud ayyomini nishonladi. U 48 yoki 49 yoshni qarshi oldi. Mening otam necha yoshda bo‘lsa, Meyvezer ham o‘sha yoshda. Qanday qilib unga qo‘l ko‘tarishim mumkin, tushunolmayapman. Agarda u chindan ham jang qilishni istasa UFC sport turi bilan shug‘ullansin. 

Men bokschi emasman, kurashchiman, MMA jangchisiman. Agarda Meyvezer menga qarshi jang qilishni istasa, boks qoidalari bo‘yicha, ringda har biri 3 daqiqadan iborat bo‘lgan 11 raund jang qilamiz. So‘nggi raundda esa 5 daqiqa MMA qoidalari bo‘yicha bellashamiz. Floyd 11 raund ichida meni nokautga uchratadi, deb o‘ylamayman. So‘nggi raundda u nima qiladi? Men uni oktagonda yirtib tashlayman. Floyd o‘z ishining ustasi, professional bokschi. 

Lekin u meni nokautga uchrata olmaydi”, deydi Habib Nurmuhamedov

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov shu kunga qadar UFC’dagi professional faoliyatida 28 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 

Eslatib o‘tamiz,  18 aprel kuni Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson o‘rtasida navbatdagi jang bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ikki sportchi ham bo‘lajak jang uchun AQSHda tayyorgarlik olib bormoqda.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя