Главная » 2020 » Декабрь » 1 » Habib Nurmuhamedov o‘zbek sportchilaridan kimlarni kuzatishini aytdi
23:07

Habib Nurmuhamedov o‘zbek sportchilaridan kimlarni kuzatishini aytdi


Avval xabar berilganidek, UFC bo‘yicha yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Habib Nurmuhamedov bugun, 1 dekabr kun Toshkentga yetib keldi. Milliy olimpiya qo‘mitasida sportchi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Sportchi o‘zbekistonlik jurnalistlar va sportchilarning bir qator savollariga javob berdi. QALAMPIR.UZ muxbiri Umidjon Nozimjonovning O‘zbekistonda qaysi sportchilarni kuzatib borayotgani haqidagi savoliga Habib Nurmuhamedov quyidagicha javob qaytardi.

“So‘nggi Olimpiadada O‘zbekiston yaxshi natijalarga erishdi. Sizlarda sportda katta yutuqlarga erishayotgan sportchilaringiz bor, jumladan Murodjon Ahmadaliyev, Hasanboy Do‘smatovni misol qilishim mumkin.

Sportchilaringizga yaxshi sharoitlar yaratilmoqda. Bu ular uchun eng muhimidir. Navbatdagi musobaqalarda yanada muvaffaqiyatli ishtirok etishingizni tilayman”, deydi sportchi.

Habib Nurmuhamedovni tashkilot ostonasida MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, vitse-prezident Saken Polatov, Bosh kotib Oybek Qosimov kutib olgan. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi va triatlon federatsiyasi raisi o‘rinbosari Otabek Umarov ham ishtirok etdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: sportchilaridan, O‘zbek, Habib Nurmuhamedov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя