Главная » 2021 » Январь » 26 » Habib o‘zbekistonlik futbolchi bilan bir jamoada harakat qildi
11:10

Habib o‘zbekistonlik futbolchi bilan bir jamoada harakat qildi


Avvalroq, UFC chempioni Habib Nurmuhamedov professional futbolchi sifatida karerasini boshlash niyatida ekanligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Kecha, 25 dekabr kuni Habib Nurmuhamedov Moskvaning “Spartak” klubida mashg‘luot o‘tadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarda Habib “Spartak”ning o‘zbekistonlik futbolchisi Oston O‘runov bilan bir jamoada harakat qilgan. 

“Mening jamoam shu ko‘rinishda. G‘ayrat va shijoatimiz raqibning o‘yin amaliyotidan ustun edi”, deb izoh qoldirgan Habib.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov o‘tgan yilning 24 oktyabr kuni UFC 254 musobaqasida amerikalik MMA jangchisi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, professional faoliyatini tugatganini e’lon qildi.

Rossiyalik jangchi faoliyati davomidagi 29 ta jangda 29 bor g‘alabaga erishgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: o‘zbekistonlik, Habib, harakat qildi, futbolchi, jamoada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя