Главная » 2021 » Февраль » 9 » Habib orzusidagi jang haqida gapirdi
10:39

Habib orzusidagi jang haqida gapirdi


Rossiyalik aralash jang sportchisi (MMA) Habib Nurmagomedov o‘z tashkilotida (Eagle Fighting Championship) rejalashtirgan orzusidagi jang haqida so‘zlab berdi.

«Bu faqat mening fantaziyam, og‘ir vaznda amerikalik Brok Lesnarni rossiyalik Fedor Yemelyanenkoga qarshi jangga olib chiqish mumkin edi», — deydi Nurmagomedov MatchTV kanaliga bergan intervyusida.  Uning fikriga ko‘ra, Rossiya va Amerika MMA yulduzlari o‘rtasida jang tashkil qilish ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lar edi. «Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin», deb qo‘shimcha qiladi sportchi.

Avvalroq Habib Nurmagomedov UFC prezidenti Deyna Uaytga o‘z karerasini davom ettirish to‘g‘risida xabar yuborganini aytgandi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, Uayt tez orada o‘z javobini e’lon qilishi kerak. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, UFC rahbariyati iyun oyida chempionlik jangini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, ammo hozircha biror to‘xtamga kelinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 oktabr kuni UFC turnirida amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan keyin Nurmagomedov aralash yakkakurashlardan ketishini e’lon qilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: orzusidagi, Habib, Jang | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя