22:58 Habib rasmiy ravishda “UFC”ning eng yaxshi jangchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi | |
Habib Nurmagomedov vazn toifasidan qat’i nazar “UFC”ning eng yaxshi jangchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Yangilangan ro‘yxat promoushenning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. Zero, Nurmagomedov 29 jangda 29 g‘alabaga erishgan. Ikkinchi o‘rin yengil vazn toifasidagi sobiq chempion amerikalik Jon Jons, uchinchi o‘rin esa o‘rta divizion chempioni Israel Adesanyaga nasib etdi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|