Главная » 2021 » Март » 23 » Habib UFC’ning barcha reytinglaridan chetlatildi
23:24

Habib UFC’ning barcha reytinglaridan chetlatildi


UFC sport tashkiloti rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedovni barcha reytinglaridan chiqarib tashladi. Bu haqda chempionat veb-saytida ma’lum qilingan.

Habib vazn toifasidan qat’i nazar UFC reytingida birinchi o‘rinda turar edi. Endi bo‘lsa, amerikalik jangchi Jon Jons ushbu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Yengil vazn toifasida chempionlik unvoni esa ochiq qoldirilgan. Bu unvon ham Habibga tegishli edi.

Ma’lumot o‘rnida, Nurmuhamedov 2018 yilda El Yakvintani mag‘lubiyatga uchratib, yengil vazn toifasida chempionlikka erishgan edi. Shundan so‘ng uch marotaba, aniqrog‘i Konor Makgregor, Puare va Getjiga qarshi janglarda chempionlik titulini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2020 yilning kuzida amerikalik jangi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, Habib faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

32 yoshli Habib faoliyati davomida 29 marotaba oktagonga ko‘tarilib, biror marta mag‘lubiyatga uchramagan: 29 jang, 29 g‘alaba.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: reytinglaridan, ufc, chetlatildi, Habib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя