Главная » 2021 » Июнь » 14 » Haftaning birinchi yarmida salqin ob-havo bo‘lishi kutilyapti
14:30

Haftaning birinchi yarmida salqin ob-havo bo‘lishi kutilyapti


Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Qozog‘iston hududlaridan kirib kelgan salqin havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi.

Harorat kechalari 15-18° gacha pasayadi, kunduz kunlari 32-35° atrofida, janubda 36-38° gacha bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarimda sharqiy botiqlik respublikamiz hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin kechalari 20-23° gacha, kunduz kunlari 36-39° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-41° gacha ko‘tarila boshlaydi.

Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

14-15 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘yicha 14-15-iyunda va 19 iyunda shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish havfi bor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo, salqin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя