Главная » 2016 » Декабрь » 3 » Hakerlar Rossiya Bankidan 2 mlrd rubl o‘g‘irladi
14:44

Hakerlar Rossiya Bankidan 2 mlrd rubl o‘g‘irladi


2016 yilda Rossiya Markaziy banki hisob raqamlariga uyushtirilgan hakerlar hujumi natijasida 2 mlrd rubl o‘g‘irlangan. Bu haqda “Kommersant.ru” nashri xabar berdi.
 
“O‘g‘irlangan pullarni qaytarishning iloji yo‘q. Ular, aniqki, hakerlar qo‘liga o‘tib bo‘ldi”, deydi  Markaziy bank axborot xavfsizligi va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Artem Sichev.
 
Aniqlanishicha, shu kunga qadar hakerlar hujum qilishi oqibatida bank umumiy hisobda 5 mlrd rubl yo‘qotgan.
 
Rossiya Markaziy banki hakerlar pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi maqsadida kiradigan moliya organlarini vaqtincha yopib qo‘yish hisobiga 1,67 mlrd rubl o‘g‘irlanishini oldini olishga muvaffaq bo‘ldi.
 
Rossiya Banki raisining birinchi o‘rinbosari Kseniya Yudayeva buni butun boshli bank tizimining “mingdan bir qismi”, deb izohladi.
 
Kecha, 2 dekabr kuni Federal qidiruv byurosi (FQB) Rossiya Banki kelasi dushanba, 5 dekabr kuni yana bir hakerlik hujumiga uchrashi mumkin, deb ogohlantirdi.
 
Ushbu xavf Ukrainaning “BlazingFast” kompaniyasining Niderlandiyadagi ma’lumotlar bazasidan kelishi mumkin. Shu kuni hakerlar bank ma’lumotlar bazasini buzib kirish bilan birga ijtimoiy tarmoqlar va SMS’lar orqali targ‘ibot xabarlarini yuborishi taxmin qilinmoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, bank FQBning ko‘rsatmasi asosida mijozlar hisob raqamlarini Gollandiya, Germaniya va Boltiqbo‘yiga tegishli IP-manzillardan himoya qilishga kirishgan.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rubl, o‘g‘irladi, 2 mlrd, Rossiya banki, Hakerlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя