Главная » 2020 » Февраль » 11 » Hali ham “Oskar” ololmagan 10 ta mahoratli aktyor va aktrisa
15:30

Hali ham “Oskar” ololmagan 10 ta mahoratli aktyor va aktrisa


9-fevral kuni Los-Anjeles shahrining “Dolbi” teatrida yilning eng shov-shuvli taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
92-marta o‘tkazilayotgan “Oskar” mukofoti har yilgidan o‘zgacha kechdi. Prodyuserlar shouni rang-barang qilish maqsadida unga boshlovchi sifatida 11 kishini taklif etishdi. 
Aktyor va aktrisalarning asosiy orzularidan biri bo‘lgan sovrinlarg – eng yaxshi aktyor Xoakin Feniks (“Joker”), eng yaxshi aktrisa Rene Zellvegerga (“Judi”) nasib qildi. Xo‘sh, kino olamining bosh sovrinidan quruq qolgan taniqli aktyor va aktrisalar talay ekanligini bilasizmi? 
Bu aktyor va aktrisalar kinematografiyaning tan olingan yulduzlaridir. Ammo, Amerika kinoakademiyasi hali ularni eng yaxshilar sifatida tan olgani yo‘q.

Benedikt Kamberbetch

Oxirgi yetti yilda turli nominatsiyalar boʻyicha “Oskar” olgan bir necha filmda suratga tushgan Benedikt Kemberbetchdan boshlaymiz. Ularning orasida “12 yil qullikda” va “Imitatsiya oʻyini” bor. Oxirgi filmidagi roli uchun britaniyalik aktyor mukofot uchun nominatsiya oldi, ammo muvaffaqiyat kulib boqmadi. Shu sababli, Benedikt hozircha BAFTA, “Emmi” va TV Choice Awards mukofotlari bilan maqtana olishi mumkin.

Monika Beluchchi

Monika Beluchchini yoqimsiz anʼanaga koʻra har qanday mukofot chetlab oʻtadi. Axir italiyalik sohibjamolni filmlaridan biri, masalan, “Kvartira”, “Malena”, “Matritsa” uchun biror mukofotga loyiq koʻrishsa boʻlardi. Oddiyrogʻi ham berilmagan.

Kichik Robert Dauni

Kichik Robert Dauni ishtirokidagi “Muvaffaqiyatsizlik askarlari” filmi “Oskar”ga munosib deb topildi. Aktyorning oʻzi 1993-yilda “Chaplin” filmi uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasiga loyiq koʻrilgandi. Hozir esa uni Marvel filmlaridagi Toni Stark roli bilan eslashadi. Bunday filmlar esa, maʼlumki, “Oskar” hakamlari didiga mos emas.

Xelena Bonem Karter

Картинки по запросу "Хелена Бонэм Картер"

Koʻpchilik Xelena Bonem Karterni bosh rollarda kam paydo boʻlsa-da, bu uning isteʼdodi “Oskar” mukofotiga loyiqmasligini anglatmaydi. Tim Bertonning ilhom parisi nomzodi obroʻli mukofotga ikki bora taqdim etilgan: 1998-yilda “Kabutar qanotlari” va 2011-yilda “Qirol so‘zlaydi” filmlari uchun. “Jangarilar klubi”dagi psixopat ayol Marla Singer roli mashhurlik keltirgan bo‘lsa-da, kinoakademiya tomonidan e’tiborga olinmadi.

Jonni Depp

Oltin haykalchasi bo‘lmagan ommaning yana bir suyuklisi – Jonni Depp. “Oskar”ga uch marta, “Oltin globus”ga o‘n marta nomzodi ko‘rsatilgan. Ammo faqat bitta “Oltin globus” va boshqa bir qancha mukofotlar sovrindori bo‘lgan. Oliy mukofotni esa taqdir hali ravo ko‘rmayapti. Deppning oldida “Oskar”ga munosib bir qancha loyihalar bor, ammo taxmin qilmay turamiz.

Kira Naytli

“Karib dengizi qaroqchilari” filmida Jonni Deppning sherigi Kira Naytli nomzodi 2015-yilda ikkinchi bora “Imitatsiya o‘yini” filmi uchun ko‘rsatildi. O‘tgan safar britaniyalik aktrisa “Andisha va g‘urur” kitobining ekranizatsiyasidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” kategoriyasi bo‘yicha oltin haykalchani olish imkoniga ega bo‘ldi, ammo Riz Uizerspunga joy bo‘shatdi. 9 yil o‘tib ular yana raqobat qilishdi, ammo “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha. Ammo bu safar ham Kiraning omadi chopmadi – mukofot Patritsiya Arkettga berildi.

Tom Kruz

Tom Kruzning aktyorlik va prodyuserlik iste’dodi deyarli har yili tomoshabinlar orasida juda mashhur bo‘ladigan uning ishtirokidagi blokbasterlarni ko‘rishimizga undaydi. Emili Blant bilan o‘ynagan “Kelajak chegarasi” filmini aytmaysizmi? Afsuski, mutaxassislar filmni sovuqqonlik bilan qarshi olishdi va aktyor katta mukofotlardan chetda qoldi. Kruz 1990-yilda “To‘rtinchi iyulda tug‘ilgan” filmidagi roli uchun, 1990-yilda “Jerri Maguayer” filmi uchun va 2000-yilda “Magnoliya” filmi uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Ammo, aktyor oltin haykalchani hozircha faqat orzu qilishi mumkin.

Sheron Stoun

Sheron Stoun 1996-yilda uning aktrisa sifatida o‘zini ko‘rsatishiga imkon bergan “Kazino” filmidagi roli uchun “Oskar” olishi mumkin edi. Biroq unga faqatgina “Oltin globus” nasib etdi, uning ishtirokidagi eng mashhur film “Asosiy tuyg‘u” bo‘lib qoldi. 61 yoshli aktrisa o‘z karyerasida hamma narsani aytib bo‘ldimi? O‘ylaymizki, yo‘q.

Jozef Gordon-Levitt

Jozef Gordon-Levitt faqatgina aktyorlik faoliyati bilan cheklanib qolmagan. U o‘zini rejissyor, prodyuser, ssenariynavis, montajchi va, hatto, kompozitor sifatida sinab ko‘rdi. 1996-yilda uning nomzodi eng yaxshi yosh aktyor sifatida “Saturn” mukofotiga ko‘rsatilgan edi, ammo u birorta ham yirik mukofotni haligacha qo‘lga kiritmadi. Ikki marta “Oltin globus”ga nomzodlik, shuningdek, bir qancha yirik loyihalardagi ishtiroki Amerika kinoakademiyasi vakillarining Jozef Gordon-Levittga nisbatan sovuqqonligini o‘zgartirar.

Kemeron Diaz

Kemeron Diazning karyerasi anchagina jiddiy rollardan boshlangan. U bejizga to‘rt marta “Oltin globus” nomzodi bo‘lmagan. Biroq keyinchalik yengilroq filmlar bilan cheklandi. Turmushga chiqqach esa, aktrisa kinodan ketayotganini ma’lum qildi. Kemeron Diaz qachonlardir aktyorlik karyerasini yangilashga niyat qilsa va jiddiyroq filmda ishtirok etsa, uning iste’dodi ekspertlar tomonidan munosib baholanadi, deb umid qilamiz.


Manba: "xabardor.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя